Bizning ishlarimiz
150+ dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirdik. Har bir loyiha o'ziga xos dizayn va zamonaviy texnologiyalar bilan yaratilgan.

RememberMe
Yaqinlarning xotirasini abadiylashtirish uchun yaratilgan ushbu raqamli platforma sun'iy intellekt yordamida interaktiv memorial sahifalarini shakllantirish imkonini beradi. Loyiha oilaviy merosni xavfsiz saqlash va QR-kodlar orqali xotiralarga tezkor kirishni ta'minlab, avlodlar o'rtasidagi ma'naviy aloqani mustahkamlaydi.

Atlet
Atlet.uz — bu sport ozuqalari, vitaminlar va salomatlik uchun qo'shimchalar savdosiga ixtisoslashgan zamonaviy elektron tijorat platformasi. Sportchilar va sog'lom turmush tarzi ixlosmandlari uchun mo'ljallangan ushbu loyiha ishonchli jahon brendlarining yuqori sifatli mahsulotlari katalogini o'z ichiga oladi. Loyiha qulay foydalanuvchi interfeysi, mahsulotlarni izlashning oson tizimi va butun O'zbekiston bo'ylab tezkor yetkazib berish xizmati bilan jihozlangan bo'lib, xaridorlarga onlayn xarid qilishda qulaylik yaratadi.

SUVMASH JSC
SUVMASH JSC — bu O‘zbekistonda 50+ yillik tajribaga ega bo‘lgan, turli sohalar uchun kuchli va samarali nasos uskunalari ishlab chiqaruvchi korxona. Ularning mahsulot assortimentiga sanoat, kommunal xizmatlar va agrar sektor uchun mo‘ljallangan turli nasoslar kiradi. Katta loyihalar, keng mahsulot portfeli va sifatli xizmat ko‘rsatishi ularni raqobatchilardan ajratib turadi. Agar sizga nasosli qurilmalar yoki agregatlar kerak bo‘lsa, suvmash.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.

LogistaTrans
LogistaTrans kompaniyasi uchun xalqaro logistika sohasidagi nufuzini mustahkamlovchi va mijozlar oqimini samarali boshqaruvchi korporativ veb-sayt. Loyiha brend ishonchliligini oshirishga va xizmatlar uchun so‘rovlarni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qiladi.

Anibla
Anibla.uz O'zbekistondagi birinchi uz Fandab. Bu ilova orqali siz xohlagan animeyingizni sifatli o'zbek tilida dublyaj qilinganini ko'ra olasiz.
