Dasturlash.xizmatlari

DevOps xizmatlari

Agar yangi versiyani chiqarish uchun dasturchi serverga kirib, fayllarni qo'lda ko'chirishi kerak bo'lsa — reliz har doim qo'rqinchli bo'ladi va shuning uchun kamdan-kam qilinadi. DevOps buni o'zgartiradi: kod yozildi, testdan o'tdi, avtomatik chiqdi.

DockerNginxLinuxCI/CD

DevOps nima beradi

  • Reliz vaqti yarim kundan 5–10 daqiqaga tushadi
  • Inson xatosi yo'qoladi — jarayon bir xil takrorlanadi
  • Muammoli versiya bir tugmada orqaga qaytariladi
  • Har bir dasturchi bir xil muhitda ishlaydi — mening kompyuterimda ishlagan edi muammosi tugaydi
  • Tushib qolish monitoring orqali oldindan bilinadi

Kubernetes kerakmi

Ko'pincha yo'q. Kubernetes kuchli, ammo uni yuritish alohida bilim va xarajat talab qiladi. Kunlik 50 000 tashrifgacha bo'lgan loyihalar uchun Docker Compose va oddiy CI/CD to'liq yetarli.

Biz Kubernetes'ni faqat haqiqiy ehtiyoj bo'lganda — bir nechta xizmat, katta jamoa va o'zgaruvchan yuklama mavjud bo'lganda taklif qilamiz.

Savol-javob

DevOps xizmatlari — savol-javob

DevOps sozlash qancha turadi?

Bitta loyiha uchun Docker va CI/CD 6 000 000 so'mdan. Bir nechta xizmatli murakkab infratuzilma 20 000 000 so'mdan boshlanadi.

Mavjud loyihaga qo'shsa bo'ladimi?

Ha, bu eng ko'p uchraydigan holat. Kodni o'zgartirmasdan konteynerlash va avtomatik deploy quramiz — odatda 2–3 haftada.

Jamoamizni o'rgatasizmi?

Ha, topshirishda hujjatlashtirish va amaliy sessiya o'tkazamiz. Maqsad — bizsiz ham reliz qila olishingiz.

DevOps xizmatlari kerakmi?

Vazifangizni tinglaymiz va 1 ish kuni ichida taxminiy narx hamda muddatni aytamiz. Konsultatsiya bepul.

Du–Ju 09:00–18:00 · U-ENTER innovatsion markazi, Shahrisabz ko'chasi, Toshkent 700093