Dasturlash.xizmatlari

UI/UX dizayn xizmatlari

Yaxshi dizayn — bu foydalanuvchi o'ylab o'tirmasligi. Agar mijoz sizning saytingizda buyurtma tugmasini qidirishga majbur bo'lsa, u tugmani emas, raqobatchini topadi. Biz dizaynni did masalasi sifatida emas, konversiya masalasi sifatida ko'ramiz.

ResearchPrototypeUI KitDesign System

Ish jarayoni

  • Tadqiqot — kim foydalanadi, qanday muammoni hal qiladi
  • Struktura — sahifalar va ekranlar xaritasi
  • Wireframe — rangsiz, faqat mantiq va ierarxiya
  • Prototip — bosiladigan, testga tayyor versiya
  • UI — ranglar, tipografika, ikonka va animatsiyalar
  • Handoff — Figma fayli, dizayn tizimi va spetsifikatsiya

Dizayn tizimi nima uchun kerak

Bitta sahifa uchun dizayn — bu rasm. Yigirmata sahifa uchun dizayn — bu tizim. Agar tugmalar, shriftlar va oraliqlar qoidasi yozilmagan bo'lsa, uchinchi oyda sayt bir-biriga o'xshamaydigan sahifalar to'plamiga aylanadi.

Biz har bir loyihada dizayn tizimi topshiramiz — bu keyingi sahifalarni 3 barobar tez va arzon qo'shish imkonini beradi.

Savol-javob

UI/UX dizayn — savol-javob

UI/UX dizayn qancha turadi?

Landing dizayni 6 000 000 so'mdan, korporativ sayt 12 000 000 so'mdan, mobil ilova yoki murakkab veb-ilova 20 000 000 so'mdan boshlanadi.

Faqat dizayn buyurtma qilsam bo'ladimi?

Ha. Figma fayli, dizayn tizimi va spetsifikatsiyani topshiramiz — istalgan dasturchi jamoasi shu bilan ishlay oladi.

Necha marta tuzatish kiritish mumkin?

Har bir bosqichda 2 ta bepul tuzatish davri. Amalda tadqiqot va prototip bosqichi to'g'ri o'tsa, UI bosqichida jiddiy o'zgartirish kamdan-kam kerak bo'ladi.

UI/UX dizayn kerakmi?

Vazifangizni tinglaymiz va 1 ish kuni ichida taxminiy narx hamda muddatni aytamiz. Konsultatsiya bepul.

Du–Ju 09:00–18:00 · U-ENTER innovatsion markazi, Shahrisabz ko'chasi, Toshkent 700093