Dasturlash.xizmatlari

Sun'iy intellekt yechimlari

Sun'iy intellekt haqidagi gaplarning ko'pi hali ham namoyish darajasida. Biz esa aniq vazifalarni beramiz: mijoz savoliga javob berish, hujjatdan ma'lumot ajratib olish, qo'ng'iroqni matnga aylantirish. Har biri o'lchanadigan vaqt va pul tejaydi.

ChatGPTAI AgentVoice AIAutomation

AI qanday vazifalarni hal qiladi

  • Mijozlarga qo'llab-quvvatlash — tez-tez so'raladigan savollarning 70 foizini AI yopadi
  • AI agent — bir necha bosqichli vazifani mustaqil bajaradi: ma'lumot topadi, tizimga yozadi, xabar yuboradi
  • Hujjat tahlili — shartnoma, hisob-faktura va arizadan ma'lumotni avtomatik ajratib oladi
  • Ovozli AI — qo'ng'iroqni matnga aylantiradi, mazmunini xulosalaydi va CRM'ga yozadi
  • Kontent — mahsulot tavsiflari, maqola qoralamalari, tarjima

O'zbek tilida AI ishlaydimi

Ha, ammo ehtiyotkorlik bilan. Zamonaviy modellar o'zbek tilini yaxshi tushunadi, lekin sohaviy atamalar va kompaniyaga xos ma'lumotlarni bilmaydi.

Shuning uchun biz RAG yondashuvidan foydalanamiz: model sizning hujjatlaringiz, narxlaringiz va qoidalaringizdan javob quradi — o'zidan to'qimaydi. Bu javob aniqligini keskin oshiradi.

Xarajatlarni nazorat qilish

AI yechimining asosiy xavfi — nazoratsiz token sarfi. Biz har bir loyihada limit, keshlash va arzonroq model bilan avval filtrlash mexanizmini quramiz. Odatda bu oylik AI xarajatini 3–5 barobar kamaytiradi.

Savol-javob

Sun'iy intellekt — savol-javob

AI yechimi qancha turadi?

Bilimlar bazasiga asoslangan chatbot 8 000 000 so'mdan, AI agent 20 000 000 so'mdan boshlanadi. Bunga qo'shimcha oylik model xarajati bor — odatda 300 000 dan 3 000 000 so'mgacha, yuklamaga qarab.

AI noto'g'ri javob bersa-chi?

Biz javob manbasini ko'rsatadigan va ishonch darajasi past bo'lganda operatorga uzatadigan tizim quramiz. AI o'zi bilmagan narsani to'qimaydi — bilmayman deb operatorni chaqiradi.

Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?

Korporativ API'lar orqali yuborilgan ma'lumot model o'qitishda ishlatilmaydi. Maxfiylik talabi yuqori bo'lsa, o'z serveringizda ishlaydigan ochiq model variantini taklif qilamiz.

Sun'iy intellekt kerakmi?

Vazifangizni tinglaymiz va 1 ish kuni ichida taxminiy narx hamda muddatni aytamiz. Konsultatsiya bepul.

Du–Ju 09:00–18:00 · U-ENTER innovatsion markazi, Shahrisabz ko'chasi, Toshkent 700093